Buxoroda 2 gektar yerni 170 ming dollarga sotayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
09 aprel
2905Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2 gektar yer maydonini 170 ming dollarga pullamoqchi bo‘lganlar ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro shahrida yashovchi 1960 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining tanishi bilan til biriktirgan va boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, unga Kogon tumanining Yangihayot mahallasi hududida joylashgan 0,50 gektar muqaddam gips ishlab chiqarish uchun qurilgan bino va uning atrofidagi tuman zaxirasida bo‘lgan 1,5 gektar yerni kelgusida uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 170 ming dollar berishni talab qilgan.
Joriy yilning 3 mart kuni Buxoro viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs talab qilgan pullardan 20 ming dollarni olayotganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 20 sotix yerni 230 ming dollarga olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlangan edi.
LiveBarchasi