Buxoroda 17 yoshli yigit kanalda cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
10:59 1644 1 daqiqa
Buxoro viloyatining Kogon tumanida 17 yoshli yigit cho‘milish vaqtida Shohrud kanalida cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 27 iyun kuni soat 14:50 atrofida Kogon tumanining Sorg‘un MFY hududidan oqib o‘tuvchi Shohrud kanalida 2009 yilda tug‘ilgan fuqaroning suvga cho‘kib ketgani haqida FVBga xabar kelib tushgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan kanalning kengligi 18–20 metr, chuqurligi esa 7–8 metrni tashkil etadi.
Shundan so‘ng Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari va mahalliy aholi ishtirokida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan. Natijada fuqaroning jasadi 28 iyun kuni soat 16:40 da topilib, suvdan olib chiqilgan.
Hozirda holat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanining Namuna mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Surxon daryosiga cho‘milish uchun borgan 6 nafar yigitdan 3 nafari daryoda cho‘kib halok bo‘lgan edi.
Live
Barchasi