Buxoroda 16 tup daraxtlarni kesib tashlagan fuqaro jarimaga tortildi
3-sahifa
−
30 iyun 2023
3517Buxoro shahrida 16 tup daraxtlarni kesib tashlangan erkak jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 4 fevral kuni Buxoro shahar Pridastgir ko‘chasi 3/7-uy va Alpomish ko‘chasi 14-uy orasidagi ko‘p qavatli uy-joy qurulishi belgilangan hududda fuqaro Q.Q. tomonidan 16 tup daraxt hamda butalar kesib tashlangan. Shundan so‘ng, ushbu sodir etilgan huquqbuzarlikda jinoyat alomatlari mavjudligi bois Buxoro shahar prokuraturasiga hujjatlar taqdim etilgan.
Fuqaro Q.Q.ga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismi bilan 1 350 000 so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 259 mln so‘m hisoblanib, hujjatlar sudga taqdim etilgan.
LiveBarchasi