Buxoroda 15 yashar o‘quvchi kanalda cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
13 iyun 2021 16296 1 daqiqa
Buxoro viloyatining Olot tumanida voyaga yetmagan bola o‘z xonadonidan chiqib, cho‘milishga borib, suvga cho‘kib ketdi. Uning jasadi bir kundan keyin topildi. Bu haqda Buxoro viloyati FVB xabar berdi.
Joriy yilning 9 iyun kuni tumandagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi soat 11:40 larda imtihonni topshirib bo‘lgach, soat 12:00larda uyiga ketgan. Tumandagi “Xalifa” mahallasida yashovchi S.M. soat 14:15 lar atrofida 4 nafar maktabdoshi bilan Qorako‘l tumanidan oqib o‘tuvchi katta “Amu-Buxoro” kanalida cho‘milgan.
Chuqurligi taxminan 4-5 metr, suv hajmi ham juda baland bo‘lgan kanal 15 yoshli S.M.ni oqizib ketgan. Uning yonida bo‘lgan tengdoshlari S.M.ni qutqarishga urinishgan. Biroq harakatlari zoye ketgan. Holatdan qo‘rqib qolgan o‘smirlar voqea joyidan qochib ketishgan.
Bolani qidirish ishlariga FVBning g‘avvos-qutqaruvchilari, baliqchilar jalb etilgandi. Kanal suvi hajmi juda yuqoriligi sababli bolani tirik qutqarib qolish imkoni bo‘lmagan. Qidiruv 10 iyun tongiga qadar davom etgan va shu kuni bolaning jasadi baliqchilar to‘r xaltasi orqali topilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025