Buxoroda 13 yashar qiz ona bo‘ldi
3-sahifa
−
14:19 12218 2 daqiqa
Buxoro viloyatida 13 yashar qiz ona bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova bilan bog‘landi.
Bildirilishicha, Buxoro viloyatida voyaga yetmagan qizga jinsiy zo‘ravonlik sodir etilishi holati bo‘yicha 2025 yilning 11 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxs protsessual tartibda ushlanib, unga tegishli tartibda qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Bolalar ombudsmani vakolati doirasida bolaning qonuniy manfaatlari ta’minlanishi yuzasidan ish yurituvi bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Shuningdek, Bolalar ombudsmani odamlardan norasmiy nashrlardagi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikni so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida bir guruh yigitlar 14 yoshli qizni zo‘rlagani haqida xabar berilgan edi. Gumon qilinuvchi shaxslar Jinoyat-protsessual kodeksining ning 221-moddasi tartibida ushlanib, ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Qayd etish joiz, oldinroq O‘zbekistonda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi” loyihasi bilan O‘zbekistonda 14 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo choralarini belgilash kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Joriy yilning 16 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat dasturini tasdiqlab, pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy qilishni ma’qulladi.
Live
Barchasi