Buxoroda hindistonlik talaba vafot etdi

3-sahifa

image

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 20 yoshdagi hindistonlik talabasi Navas Nasmel vafot etdi. Bu haqda institut axborot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 28 fevral kuni 2003 yilda tug‘ilgan, institutning ikkinchi kurs talabasi Navas Nasmelning talabalar turarjoyidagi o‘z xonasida sog‘lig‘i yomonlashgan va tez tibbiy yordam chaqirtirilgan. 

Talaba zudlik bilan Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan. Ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordam va muolajalarga qaramasdan, Hindiston Respublikasi fuqarosi Navas Nasmel vafot etgan.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Buxoro filiali tomonidan taqdim etilgan dastlabki tashxisga ko‘ra, marhum ikki tomonlama o‘pkalarning total pnevmaniyasi oqibatida yuzaga kelgan o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Institut ma’muriyati tomonidan Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda talabaning yaqinlari xabardor qilingan. 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro hindistonlik talaba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing