Buxoroda harakatlanayotgan yuk mashinasi portlab ketdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 10 iyun kuni Buxoroda yuk mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Hodisa tonggi 5:40 lar atrofida Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi 59 yoshli R.N. boshqaruvidagi “KamAZ”yuk avtomashinasini “Zarangari” MFY Urganji qishlog‘i hududida harakatlanayotgan vaqtida yuz bergan.

Yuk avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketishi oqibatida yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Oqibatda yuk avtomashinasining salon qismi yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q. Ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Portlash Yuk mashinasi Gaz balloni

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing