“Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish” UK sobiq rahbariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Jamiyat
−
26 avgust 2020
8796“Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish” UK sobiq rahbari Sh.H.ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga xabar qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti departamentining Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan “Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish” UKda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish” UK sobiq rahbari Sh.H. o‘z mansab mavqeidan foydalanib, yo‘l qurilish ishlari uchun kelib tushgan pul mablag‘laridan 440 mln so‘mini muassis tomonidan tasdiqlangan ustav talablariga zid ravishda, ishchilar yotoqxonasini ta’mirlash uchun o‘zboshimchalik bilan o‘zi norasmiy rahbari hisoblangan “S.” MCHJga yo‘naltirib byudjet va smeta-shtat intizomini buzganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sh.H.ga nisbatan JKning 1841-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat jamg‘armasi raisi va boshqalarga ham jinoiy ish qo‘zg‘atilganini xabar qilgandi.
LiveBarchasi