Buxoro viloyatiga yangi prokuror keldi
Jamiyat
−
20 fevral
12165Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning buyrug‘iga asosan adliya maslahatchisi Ulug‘bek Hamdamov Aslonovich Buxoro viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ulug‘bek Hamdamov tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar prokurori lavozimida ishlagan. Prezident Mirziyoyev uni “Mardlik” ordeni bilan taqdirlagan.
Buxoro viloyatining sobiq prokurori Mahmud Shuhratovich Istamovning ayni damda qaysi vazifaga o‘tkazilgani hozircha ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati prokuraturasi tizimidagi kadrlar o‘zgarishi haqida gap Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifidan so‘ng boshlangan edi. Prezident faollar bilan viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvda Kogon tumani prokurorining poraxo‘rligiga alohida to‘xtaldi. Shu bilan birga, Mirziyoyev sohadagi korrupsiya holatlari yuzasidan Bosh prokurorga alohida topshiriq bergan edi.