Kogon tuman prokurori pora bilan ushlangani aytilmoqda

3-sahifa

image

Kecha, 13 fevral kuni Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomov pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.  

Ma’lum qilinishicha, DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kogon tumani prokurori 90 ming AQSH dollari olayotganda ushlangan.

Aniqlanishicha, Bahodir G‘ulomov Buxoro viloyati prokuraturasi ish yurituvidagi "Kogon yog‘-ekstraksiya zavodi" AJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan jamiyat ta’sischisi M.I.dan unga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish va jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilib berishini aytgan.

Hozirda holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Bahodir G‘ulomov Kogon tumani prokurori lavozimiga 2022 yilning aprelida tayinlangan edi. U avval Buxoro viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda "Oqdaryotumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

pora prokuror Kogon Bahodir G'ulomov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing