Prezident pora bilan ushlangan Kogon prokurori bo‘yicha ba’zi tafsilotlarni ochiqladi (video)
3-sahifa
−
16 fevral
36383Oldinroq, Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomov pora bilan ushlangandi. Bugun, 16 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Xonobod shahrida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan o‘tkazayotgan yig‘ilishda prokurorning qo‘lga olinishi bo‘yicha ba’zi tafsilotlarni ochiqladi.
“Kogon tumanining prokurori 100 ming dollar bilan qo‘lga tushdi. Men buni nima uchun elga aytyapman? Prokuror o‘zining harakati bilan bunday narsalar amalga oshirilyaptiki, o‘zi kurashchi bo‘lib, uning hodimi o‘g‘ri bo‘lsa, dardimizni kimga aytaylik?” deydi Prezident.
Mirziyoyev 3 kun oldin bundan xabar topganini bildirdi.
“Indamanglar oxirigacha. Ertaga suddan qaytmasligi kerak bu, dedim. Sekin-sekin 200 ming dollarni gaplashgan. 91 ming dollarni olib kelyapti, yo‘q qolganini ham olib kelasan deyapti. Uniyam indamanglar, dedim. Sekin 3-kuni 91 mingini olib kelganda, 101 mingini olib kelinglar deyapti”, deya voqeani tushuntiradi Mirziyoyev.
Prezidentning aytishicha, 10 ming dollarni o‘rtadagi vositachilar olib qolgan. Biroq prokuror 10 mingni ham "begona qilish"ni istamagan. Ushbu voqealardan xabardor Mirziyoyev Bosh prokurorga shaxsan Buxoroga borib, Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomovni ishdan olishni topshirdi.
Ma’lumot uchun, Bahodir G‘ulomov Kogon tumani prokurori lavozimiga 2022 yilning aprelida tayinlangan edi. U avval Buxoro viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
LiveBarchasi