Buxoro viloyati hokimiga yangi maslahatchi tayinlandi

Jamiyat

image

Akbar Sayfulloyevich Rustamov viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Rustamov 1983 yil 26 avgustda Romitan tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2004 yilda Buxoro davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – adabiyotshunoslik.

Mehnat faoliyatini 2004 yilda “Buxoronoma” gazetasi tahririyatida muxbir sifatida boshlab, Buxoro viloyati hokimligi apparati axborot xizmati rahbari (matbuot kotibi) (2011-2017), Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Buxoro viloyat kengashi tashkiliy-uslubiy sho‘’ba mudiri (2017-2017), “Mahalla” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyat bo‘limi raisi o‘rinbosari – ijrochi direktor (2017-2019), Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Buxoro viloyat kengashi raisining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari (2019-2020) lavozimlarida ishlagan.

2020 yil yanvardan ayni vaqtga qadar u Buxoro viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Oilali, 2 nafar farzandi bor. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2020 yildan shu paytga qadar Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Jamol Shuhratovich Nosirov Buxoro shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Botirjon Shahriyorov Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing