Buxoroda prokuror yordamchisi 2,5 ming dollar olayotganda qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining Jondor tumani prokurorining katta yordamchisi birinchi instansiya sudi chiqargan hukmni sudya orqali kassatsiya sudida o‘zgartirishsiz qoldirish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yilning iyun oyida Jondor tumani prokuraturasi tomonidan paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi 2024 yilning noyabr oyida mazkur tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, sudlanuvchiga nisbatan oylik maoshining 20 foizini ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Lekin sudlanuvchiga og‘irroq jazo turi tayinlanishi lozimligi yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan sud hukmiga nisbatan kassatsiya protesti kiritilgan.

100 ming $ bilan tushgan prokuror qamaldi north_east

100 ming $ bilan tushgan prokuror qamaldi

Vaziyatdan xabardor bo‘lgan Jondor tumani prokurorining katta yordamchisi fermer xo‘jalik rahbariga nisbatan dastlabki instansiya tomonidan chiqarilgan hukmni sudya orqali o‘zgartirishsiz qoldirish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilib, dastlab 500 AQSH dollari olgan.

Ammo u qolgan 2500 AQSH dollarini Buxoro shahrida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Bildirilishicha, holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahri va viloyatida Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga pora olgan Milliy gvardiya xodimlari qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

prokuror Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing