Buxoro – Toshkent yo‘nalishida qatnovchi poyezd nosozlik sabab to‘xtab qoldi
Jamiyat
−
15 noyabr 2019 6669 1 daqiqa
Kecha, 14 noyabr kuni Buxoro – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd nosozlik sabab to‘xtab qoldi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
14 noyabr kuni soat 18:55 da 9-sonli “Sharq” poyezdi “Jomboy” stansiyasida texnik nosozlik tufayli to‘xtadi. Elektrovozda kuzatilgan nosozlik qisqa muddatda bartaraf qilinib poyezd o‘z yo‘nalishida harakatini davom ettirdi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’muriyati yuzaga kelgan ushbu noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust