Buxoro shahri hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
03 yanvar
6145Mo‘min Olimovich Omonov Buxoro shahri hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mo‘min Omonov 1988 yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan. Ayni vaqtga qadar “Buxoro suv ta’minoti” AJ direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hafiza To‘ymurodovna Ortiqova Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi. Shuningdek, hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Baxtiyor Odilov tayinlangandi.
LiveBarchasi