“Buxoro” futbol klubi Shimoliy Koreya bilan kuch sinashadi
Sport
−
29 yanvar
2023Ayni kunlarda Turkiyaning Antalya shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan O‘zbekistonning “Buxoro” futbol klubi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
E’tiborlisi, shimolliklar O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati saralashining 3-bosqichdagi raqiblaridan biri hisoblanadi. O‘tgan yil shimolliklarga qarshi o‘tkazilgan har ikki uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozondi.
Qayd etish joiz, “Buxoro”dan oldin Termizning “Surxon” jamoasi KXDR bilan nazorat o‘yinida o‘ynab, 3:1 hisobida imkoniyatni boy bergan.
Hozircha Ulug‘bek Baqoyev boshchiligidagi “Buxoro” futbol klubining Shimoliy Koreyaga qarshi o‘tkazadigan o‘yin vaqti ma’lum emas, biroq jamoalar o‘zaro o‘yin o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Ma’lumot uchun, Turkiyadagi yig‘in davomida “Buxoro”ning “Balkani”, “Samgurali”, “Leningrates” va “Ordobasi” klublariga qarshi nazorat o‘yinlarida ishtirok etishi belgilangan.
LiveBarchasi