Buxoro hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Olam
−
02 dekabr
8387Hafiza To‘ymurodovna Ortiqova Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu kungacha ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Feruza Bahodirxonovna Ibragimova esa boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.
Ma’lumot uchun, Hafiza Ortiqova 1976 yil 24 dekabrda Buxoro tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Biologiya fanlari doktori, professor. Ayni paytga qadar u Buxoro davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 29 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan Buxoro viloyatida qo‘shimcha imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, investitsiya va ish o‘rinlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilishda viloyatda hokimlar, ularning o‘rinbosarlari va sektor rahbarlari 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tishi ma’lum qilingandi.
30 noyabr kuni Buxoro viloyatining Peshku va Vobkent, Qorovulbozor tumanlari hamda Kogon shahriga hokimlar tayinlangandi. Shuningdek, Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Mirali Muhammadjonovich Hamroyev o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod qilindi va uning o‘rniga Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Baxtiyor Odilov tayinlandi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr