Bo‘kada soliq inspektori pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
08:24 3003 1 daqiqa
Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Soliq inspeksiyasi bosh inspektori pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tuman Soliq inspeksiyasi bosh inspektori o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbarining ishonchiga kirib, mazkur xo‘jalikning soliq organlaridan mavjud bo‘lgan 165,6 mln so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligini to‘lash muddatini viloyat soliq boshqarmasidagi hamkasbi orqali uzaytirib berish evaziga 10 mln so‘m talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan bosh inspektorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi kichik inspektori 1500 dollar pora olayotganda qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi