Bo‘kada “ko‘k nor”yetishtirayotgan shaxs qo‘lga olindi
Jamiyat
−
08 may 2019
7155Joriy yilning 29 aprel kuni tuman IIB xodimlari tomonidan Bo‘ka tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaroning “ko‘knor” giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotganligi aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, vaqtincha Bekobod shahrida yashovchi X.Yu o‘zi ishlaydigan Bo‘ka tumani Jo‘rabod MFYda joylashgan “Mustaqillik” fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiyponining yer maydonida 32 tup “ko‘knor” giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotganligi aniqlanib, yonidan esa 5 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi