Buxoroda I Xalqaro ziyorat turizmi forumi o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Tez orada Buxoro viloyati yana bir yirik xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi. Bu yerda joriy yilning 21-23 fevral kunlari I Xalqaro ziyorat turizmi forumi o‘tkaziladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” yozmoqda

Ilk bor tashkil etilayotgan mazkur anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning ziyorat turizmi borasidagi salohiyatini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilishdan iborat. 

Viloyat hokimligidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, mazkur forum xorijda ham katta qiziqishga sabab bo‘lyapti. Anjumanda o‘nlab davlatlardan olimlar, ulamolar, turizm sohasi sarmoyadorlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning vakillari qatnashishi kutilmoqda.

Tadbir doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish masalalari muhokama markazida bo‘ladi. Hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida muzokaralar o‘tkaziladi. Mehmonlarning “Yetti pir” qadamjolari bo‘ylab ziyoratlarini tashkil etish, ularni Buxoroning diqqatga molik qadimiy obidalari bilan tanishtirish ham tadbir dasturidan o‘rin olgan.

Ayni damda anjuman o‘tkazilishi belgilangan “Yoshlar markazi”da tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetmoqda. Bu yerda matbuot markazi ham faoliyat ko‘rsatadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro I Xalqaro ziyorat turizmi forumi

Baholaganlar

13

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing