Bugundan avtomobillarning harakatlanish tezligi 60 kmga tushirildi
Jamiyat
−
01 aprel 2023 12155 1 daqiqa
Bugun, 1 apreldan avtomobillarning harakatlanish tezligi soatiga 60 kilometrgacha tushirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevral oyidagi farmoniga asosan Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirildi.
Bu O‘zbekiston bo‘ylab yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasining “shahar avtomobillar emas, balki piyodalar uchun” g‘oyasi asosida isloh qilish maqsadida amalga oshirilgan.
Live
Barchasi