Bugundan oylik va pensiyalar miqdori oshirildi

Jamiyat

image
1 fevraldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi? Ish haqi, stipendiya, biznes muhitini yangilash va boshqalar north_east

1 fevraldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi? Ish haqi, stipendiya, biznes muhitini yangilash va boshqalar

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 31 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan bugun, 1 fevraldan byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,07 barobarga oshiriladi.

2020 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 679 330 so‘m;

- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 so‘m;

- eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 466 680 so‘m;

- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 466 680 so‘m;

- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 286 390 so‘m etib belgilangan.

Bazaviy hisoblash miqdori o‘zgarishsiz qoldirilgan – 223 000 so‘m.


Maqola muallifi

Teglar

oylik pensiya

Baholaganlar

477

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing