Bugundan metan “zapravka”lar faoliyati yana cheklanadi
Jamiyat
−
11:26 4025 1 daqiqa
Havo harorati pasayishi sababli bugun 10 mart kuni soat 16:00 dan boshlab metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
“Respublika hududlariga sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi oqibatida tabiiy gazga bo‘lgan talab ortdi. Shu sababli magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, bunday sharoitda, eng avvalo, aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.
Shu munosabat bilan bugun 10 mart kuni soat 16:00 dan boshlab Respublikadagi metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi.
“Mazkur chora-tadbirlar, avvalo, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, ijtimoiy soha ob’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda davom ettiriladi.
Live
Barchasi