Bugundan metan “zapravka”lar 6 soat ishlaydi

Jamiyat

image

Bugun, 12 dekabrdan mamlakatga sovuq ob-havo massasi kirib kelgani sababli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari (ADTKSH) faqat soat 06:00 dan 12:00 gacha ishlaydi. Bu haqda “Hududgazta’minot” xabar berdi. 

Unga ko‘ra, ayrim hududlarda iste’mol ortgani sababli gaz bosimining pasayishi kuzatilgan. Shu sababli, shoxobchalar ish vaqtiga o‘zgartirish kiritildi va 6 soatgacha qisqartirildi. 

Bildirilishicha, ushbu choralar vaqtincha bo‘lib, havo harorati mo‘’tadillashgandan so‘ng, ish rejimi yana qayta tiklanadi. 

Ma’lumot uchun, 8 dekabrda respublikadagi barcha metan zapravkalar soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar ishlashi belgilangandi.

Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya xizmati agentligi O‘zbekistonda 11-13 dekabr kunlari kuzatiladigvn ob-havo ma’lumotini elon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Hududgazta'minot metan zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing