Bugun Jalolov va Do‘smatov mundialdagi yurishini boshlaydi
Sport
−
04 may 2023 9883 1 daqiqa
Toshkent shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati bahslari davom etmoqda. Musobaqaning 3-kunida 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.
-71 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov Mozambik vakili Osorio Muxangani mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, -60 kgda Mujibillo Tursunov gambiyalik Merri Kordan ustun keldi.
Bugun, 4 may kuni 4 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi musobaqadagi yurishini boshlaydi.
Kunduzgi dasturda -63,5 kgda Ruslan Abdullayev ispaniyalik Oer Ibarreche bilan jang qiladi. Abdullayev ishtirokidagi bahs soat 14:55 dan keyin boshlanadi.
Kechki dasturda -48 kgda esa Shodiyorjon Meliqo‘ziyev nepallik Rabin Tapa bilan kuch sinashadi. Olimpiada chempionlari Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov ham bugun turnirdagi dastlabki jangini o‘tkazadi. Do‘smatov Meksika vakili Alberto Ximenes qarshi ringga ko‘tarilsa, Jalolov bahraynlik Danis Latipov bilan hisob-kitob qilib oladi. Kechki dasturdagi o‘zbekistonlik bokschilarning janglari soat 18:00 dan so‘ng start oladi.