Bugun Jalolov, Do‘smatov va Mo‘ydinxo‘jayev oltin medal uchun ringga chiqadi

Sport

image

Bugun, 13 may kuni Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining final janglari start oladi.

Jahon chempionati finallarining dastlabki kunida 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun ringga ko‘tariladi. -67 kg da Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, -51 kg da Hasanboy Do‘smatov va +92 kg da Bahodir Jalolov jahon chempionligi uchun jang qiladi.

Musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 200 ming AQSH dollari, kumush medal sohiblari esa 100 ming AQSH dollari bilan mukofotlanadi.

13 may kuni ringga ko‘tariladigan o‘zbek bokschilari:

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Dulat Bekbauov (Qozog‘iston);

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Bilal Bennama (Fransiya);

+92 kg: Bahodir Jalolov - Alexandro Arzola Lopes (Kuba).

Aytish joiz, janglar 17:00 dan boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Jahon chempionati Hasanboy Do'smatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing