Bugun yerliklar noyob astronomik hodisaning guvohi bo‘ladi
Bu qiziq
−
21 dekabr 2020
18730Bugun, 21 dekabr kuni Yer aholisi eng noyob astronomik hodisa – Saturn va Yupiter sayyoralarining bog‘lanishini ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda TASSga texnika fanlari nomzodi Tatyana Podladchikova ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, hodisani durbin orqali yoki durbinsiz ham ko‘rish mumkin.
"Quyosh botganidan keyin Yerning barcha aholisi bu ajoyib astronomik hodisani kuzatishi mumkin bo‘ladi. Asosiysi, havo ochiq va bulutsiz, osmon qorong‘i bo‘lsa, u shuncha yaxshi ko‘rinadi", degan Podladchikova.
Ta’kidlanishicha, bunday hodisa so‘nggi marta 794 yil oldin, ya’ni, 1226 yilning 4 martida Yupiter va Saturn sayyoralari o‘rtasida kuzatilgan.
Avvalroq, 21 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 15:02 da esa astronomik qish ham tashrif buyurishi haqida xabar bergandik. Bugun yilning eng qisqa kuni bo‘ladi. Shu paytdan boshlab kunduzgi soatning cho‘zilishi boshlanadi.
LiveBarchasi