Qoidalarni qasddan, takroran buzgan “Saturn” yana jazolandi (video)

3-sahifa

image

Odamlar orasida "Saturn" nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik pop-MMA jangchisi Og‘abek Abdumo‘minov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ulashgan videosi sabab jarimaga tortildi. Bu haqda bugun, 3 iyun kuni Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi. 

Og‘abek Abdumo‘minovning xavfsizlik kamaridan foydalanmay, avtotransportni boshqarib ketayotganligi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi qidiruv bo‘limi tomonidan qoidabuzar chaqirtirilib, tegishli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

“Avtotransport vositasini xavfsizlik kamarisiz haydaganman. Ijtimoiy tarmoqlarga bu video joylangandan keyin keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu holat qayta takrorlanmaydi”, degan pop-MMA jangchisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida “O‘zbek Tayson” nomi bilan tanilgan MMA jangchisi Jasurbek Jo‘rayev YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangani uchun uning  “toshbaqa” laqabli mashinasi jarima maydoniga qo‘yilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saturn Og'abek Abdumo'minov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing