Bugun Yerga 2023 yildagi eng katta asteroidlardan biri yaqinlashmoqda

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Astronomlar tomonidan yaqinda kashf qilingan 2023 EY asteroidi Yerga yaqinlashmoqda. Bu haqda "The Watchers" nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, mazkur asteroid Apollon astroidlar guruhiga mansub bo‘lib, u birinchi marta joriy yilning 13 mart kuni aniqlangan. Asteroid 17 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:43 da Yerdan 239 ming kilometr masofa uzoqlikda uchib o‘tadi. Uning taxminiy diametri 14 dan 30 metrgacha bo‘lib, bu 2023 yilgi ikkinchi eng katta asteroid hisoblanadi.

Bundan tashqari, Amerika aerokosmik agentligi (NASA) 23 yildan keyin, ya’ni 2046 yil 14 fevral kuni Yerga 2023 DW nomli asteroidning tushish ehtimoli katta ekanini ma’lum qilgan. 2023 DW asteroidning diametri taxminan 49,29 metrni tashkil etadi va hozir Yerdan taxminan 0,12 astronomik birlik masofasida joylashgan. 2023 DW Turin shkalasi bo‘yicha 1 ballga ega bo‘lgan “xavfli ro‘yxatdagi” yagona asteroiddir.


Maqola muallifi

Teglar

Er Asteroid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing