Bugun Yer yaqinidan stadion kattaligidagi asteroid uchib o‘tadi 

Bu qiziq

image

Bugun, 22 fevral kuni Yer sayyorasiga stadion kattaligidagi asteroid va bir nechta kichik asteroidlar yaqinlashadi. Bu haqda NASA ma’lum qilgan.

NASA JPL tadqiqot markazi olimlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020 XU6 deb nomlangan osmon jismining diametri 213 metr bo‘lib, uning o‘lchamini stadion bilan solishtirish mumkin. 

U sayyoraga taxminan 4 million km masofada yaqinlashadi. 

Bundan tashqari, bugunning o‘zida boshqa osmon jismlari ham Yer yaqinidan uchib o‘tadi, ammo ularning o‘lchami havo laynerlariga teng, ya’ni, kichik bo‘ladi. 

Ulardan biri 23 metr diametrli 2020 BV9 asteroidi, u sayyoradan taxminan 5,6 million km masofada uchib o‘tadi. 

Ikkinchisi esa, diametri 40 metr bo‘lgan 2021 CC5 asteroidi Yerdan 6,9 million km uzoqlikda uchadi.


Maqola muallifi

Teglar

asteroid

Baholaganlar

456

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing