Bugun YeCHL pley-off bosqichiga qur’a tashlanadi
Sport
−
31 yanvar
4035Bugun, 31 yanvar kuni Shveysariyaning Non shahrida futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) va Yevropa ligasining (YeL) pley-off bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Har ikki musobaqaning 16 tadan jamoasi pley-offdagi raqiblarini bilib oladi. Pley-off bahslarida g‘olib bo‘lgan jamoalar guruh bosqichining yuqori sakkizligini band etgan klublar safiga qo‘shiladi va musobaqa shu tariqa davom etadi.
O‘zbekistonlik futbol muxlislari Abduqodir Husanov to‘p tepadigan Angliyaning “Manchester Siti” klubiga qaysi jamoa raqib bo‘lishini intiqlik bilan kutmoqda. Shaharliklarga pley-offda Madridning “Real” yoki Myunxenning “Bavariya” klubi raqib bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, YeCHL qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 16:00 da, YeLga qur’a tashlash jarayoni esa 17:00 da boshlanadi.