Bugun YeCHL chorak finaliga qur’a tashlanadi

Sport

image

Bugun, 15 mart kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) 1/4 finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosim Shveysariyaning Non shahrida o‘tkaziladi.

1/4 final bosqichiga Ispaniyadan 3 ta, Angliya hamda Germaniyadan 2 ta va Fransiyadan 1 ta jamoa yetib kelgan. Chorak finalda bitta davlatning ikki klubi ham o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin.

Shuningdek, bugun Yevropa ligasi (YeL) va Konferensiyalar ligasining (KL) navbatdagi bosqichiga ham qur’a tashlanadi.

Ma’lumot uchun, YeCHL qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi. YeL qur’asi 17:00 da, KL qur’asi esa 18:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi qur'a

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing