Bugun o‘zbekistonlik professional bokschi Rossiyada ringga ko‘tariladi

Sport

image

Bugun, 25 aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida joylashgan “Wrestling Palace” majmuasida IBA Pro 3 professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi va musobaqada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Havasbek Asadullayev ham ringga ko‘tariladi. Bu haqda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Asadullayev Rossiya vakili Alan Xugayevga qarshi bahs olib boradi. 

Kecha, 24 aprel kuni bokschilar turnir oldidan vazn o‘lchash marosimida qatnashib, yarimo‘rta vazn me’yorini bajardi.

25 yoshli Asadullayev uchun professional boksdagi to‘rtinchi jangini o‘tkazadi. U bundan avvalgi barcha janglarda g‘alaba qozongan. Ikkita jangida raqiblarini muddatidan avval taslim etgan. Asadullayev profboksdagi so‘nggi jangini 2022 yil iyun oyida Tursunboy Abdulhakimovga qarshi o‘tkazib, zafar quchgan.

26 yashar Alan Xugayev hisobida esa 19 ta g‘alaba bor. U g‘alabalarning 9 tasini muddatidan ilgari qo‘lga kiritgan. Bugungi boks oqshomi Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya boks Havasbek Asadullaev Alan Xugaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing