Bugun o‘zbekistonlik dzyudochi Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi

Sport

−

image

Ayni kunlarda Qatarda dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Musobaqada O‘zbekiston jamoasi vakillari ham sovrinli o‘rinlar uchun kurashmoqda. 

Musobaqaning dastlabki kunidayoq O‘zbekiston jamoasi medallar qo‘lga kiritishni boshlab yubordi. -60 kg vazn toifasida Dilshodbek Baratov Jahon chempionatining kumush medali sohibiga aylandi. Turnirning ikkinchi kunida ayollar o‘rtasidagi bahslarda -52 kg vazn toifasida kurashgan Diyora Keldiyorova ham kumush medalni qo‘lga kiritdi.

9 may kungi bahslarda O‘zbekiston jamoasining hisobi bronza medal bilan boyidi. -73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Murodjon Yo‘ldoshev bronza medali uchun bahsda kanadalik Artur Margelidondan ustun kelib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Jahon chempionatining to‘rtinchi kunida 1 nafar O‘zbekiston vakili tatamiga chiqadi. -81 kg vazn toifasida Muso Sobirov sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi. Unga dastlabki bosqichda ispaniyalik Xose Mendiola raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Qatarda o‘tkazilayotgan musobaqa sportchilar uchun Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida muhim reyting ochkolarini taqdim etadi. Bahslar 13 mayga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing