Bugun O‘zbekistondagi masjidlarda Qur’oni karimning xatmonalari bo‘ladi
Jamiyat
−
26 mart
4636Bugun, 26 mart kuni Qadr kechasi oqshomida 27 kun davomida 1700 dan ziyod masjidda xushovoz qorilar tomonidan o‘qilgan Qur’oni karimning xatmonalari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, mamlakat bo‘ylab xatmi Qur’onlar o‘qilgan masjidlarda bir vaqtning o‘zida xatmonadan keyingi duolarga qo‘l ochiladi. Ulamolarning ta’kidlashicha, Qur’on xatm qilinganidan so‘ng qilingan duo rad etilmaydi.
“Qur’on Allohning kalomi bo‘lib, uni to‘liq o‘qib tugatish ulug‘ ibodat. Bugun dunyo oxirat saodatiga erishish uchun iltijo qilish fursatidir.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Qur’on xatm qilinganda ijobat bo‘ladigan duo bor”. Bundan kelib chiqadiki, jamoat bo‘lib o‘qilgan namozlar, ayniqsa, xatmi Qur’onlardan keyin qilinadigan duolar ijobat bo‘ladi, insho Alloh. Alloh taolo barchamizga Qadr kechasi, xatmi Qur’on va jamoat bilan qilinadigan duolar fazlidan bahramand aylasin!”, deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabarida.
LiveBarchasi