Qur’oni Karimning qoraqalpoq tilidagi ma’nolar tarjimasi nashr qilindi
Jamiyat
−
29 mart 2019
4606“O‘zbekiston” nashriyot matbaa-ijodiy uyi tomonidan “Qur’oni Karim ma’nolarining qoraqalpoq tilidagi tarjimasi va tafsiri” nomli kitob 8 ming nusxada nashr etildi.
Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Axborot xizmati xabar berdi.
Kitob tarjimon Shamsuddin Bahouddinovning ijodiy mehnati mahsulidir. Unda muqaddas dinimiz asosiy manbasi hisoblangan Qur’oni Karimning qoraqalpoq tilidagi ilk tarjimasi joy olgan.
Kitobga shuningdek, Shayx Abdulaziz Mansurning tafsir kitobi va arab tilidagi tafsir kitoblar manba qilib olingan.
LiveBarchasi