Berdimuhamedov  “Qadr kechasi” munosabati bilan 356 nafar mahbusni afv etdi

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti  Serdar Berdimuhamedov Ramazon oyidagi "Qadr kechasi" munosabati bilan 356 nafar mahbusni afv etdi. Bu haqda Prezident farmoni e’lon qilindi

“Hurmatli Vazirlar Mahkamasi a’zolari, an’anaga ko‘ra, muqaddas "Qadr kechasi" arafasida jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan, lekin qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan fuqarolarni afv etish tadbirlarini o‘tkazyapmiz. Ezgu an’anaga ko‘ra, 356 nafar mahkumni ushbu munosabat bilan afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladim”, degan Berdimuhamedov Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida.

Bundan tashqari, u shahar va tuman hokimliklari rahbarlariga afv etilgan fuqarolarni ishga joylashtirish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar bergan. Berdimuhamedov tez orada qamoqxonani tark etuvchi fuqarolarga vijdonan mehnat qilib, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarda ishtirok etish, vatanga sidqidildan xizmat qilish, o‘z mehnati samarasidan bahramand bo‘lib yashashni tilagan. 

Ma’lumot uchun, Ramazon oyining "Qadr kechasi" odatda ro‘zaning 27-kuni (bu yil 5 apreldan 6 aprelga o‘tar kechasi) nishonlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston Qadr kechasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing