Bugun O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 500 nafardan oshib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 9 sentyabr kuni O‘zbekistonda 512 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Toshkent, Xorazm hamda Andijon viloyatlarida jami 314 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 44 930 nafar bemordan 42 212 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 352 nafar bemordan 427 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

630

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing