Bugun O‘zbekistonda qariyb 600 kishi koronavirusga chalindi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi pasaydi

Jamiyat

image

Bugun, 16 sentyabr kuni O‘zbekistonda 597 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Buxoro, Andijon, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida 416 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 49 162 nafar bemordan 45 474 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 92 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 279 nafar bemordan 469 nafari og‘ir, 259 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

489

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing