Bugun O‘zbekistonda 300 dan ortiq odam koronavirusga chalindi

Jamiyat

image

Bugun, 22 oktyabr kuni O‘zbekistonda 302 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Shu bilan birga, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 540 nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Jizzax, Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlarida 311 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 64 518 nafar bemordan 61 734 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 244 nafar bemordan 287 nafari og‘ir, 78 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

357

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing