Bugun O‘zbekiston MTJ Eron bilan o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 18 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAning Al-Ayn shahrida bo‘layotgan xalqaro o‘rtoqlik turnirining finalida Eronga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv “Hazza bin Zayd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 14 noyabr kuni Muhammad Saloh yetakchiligidagi Misr terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l olgan bo‘lsa,  Eron Kabo-Verdeni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, finalga yetib kelgan edi.

Shu kunga qadar bu jamoalar o‘zaro 18 marta bahs olib borgan. Uchrashuvlarning 11 tasida Eron, 2 tasida O‘zbekiston g‘alaba qozongan, yana 5 ta o‘yin durang bilan yakunlangan. Jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv 1998 yilgi Osiyo o‘yinlari doirasida bo‘lib o‘tgan va unda Eron 4:0 hisobida zafar quchgan edi. Terma jamoalarning eng so‘nggi o‘zaro bahsi esa joriy yilning sentyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan CAFA kubogi finalida kuzatilgan. Mazkur bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
 
Turnirning 3-o‘rin uchun kechgan bahsida Misr Kabo-Verde ustidan penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ushbu turnir uchun jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron xalqaro o'rtoqlik turniri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing