Bugun O‘zbekiston Xitoy bilan uchinchi o‘rin uchun kurashadi

Sport

image

Bugun Xitoyda “China cup-2019” musobaqasining 3 o‘rin uchun bahsi va final o‘yini o‘tkaziladi. Bu bahsda mezbon Xitoy terma jamoasi O‘zbekiston MTJga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv “Guanxi Sports Center” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 12:30 da boshlanadi. 

Shuningdek, bugun musobaqaning final uchrashuvi ham o‘tkaziladi. Unda yarim finalda O‘zbekistondan ustun kelgan Urugvay terma jamoasi Tayland bilan kuch sinashadi. Eslatib o‘tamiz, taylandliklar Xitoyni mag‘lub etishgan edi.
 
Final bahsi ham “Guanxi Sports Center” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 16:30ga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xitoy China cup-2019

Baholaganlar

88

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing