Bugun O‘zbekiston Gabon bilan o‘ynaydi
Sport
−
27 mart 9166 1 daqiqa
Bugun, 27 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA Series xalqaro o‘rtoqlik turnir doirasida Gabonga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi.
Toshkent mezbonligidagi xalqaro turnir doirasida Venesuela va Trinidad Tobago qarama-qarshiligi ham bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs esa “Paxtakor” stadionida 15:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Gabon terma jamoalari o‘z tarixida ilk bor to‘qnash kelmoqda. Ushbu bahsdan so‘ng Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 30 mart kuni Venesuela terma jamoalariga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu bahs ham “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA Series musobaqasi uchun Fabio Kannavaro kengaytirilgan tarkibni e’lon qilgan edi.
Live
Barchasi