Bugun O‘zbekiston Eron bilan o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 10 oktyabr kuni 2026 yilgi Jahon chempionati Osiyo qit’asi bo‘yicha saralashning 3-bosqich 3-turida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z uyida Eron terma jamoasini qabul qiladi.

“A” guruhi ikki turdan so‘ng har ikki jamoa 6 ochko jamg‘arib peshqadamlik qilmoqda. Bugungi uchrashuvdagi g‘alaba yo forslarni yo “oq bo‘rilar”ni guruhda peshqadamga aylantiradi.

Guruhning qolgan o‘yinlarida Qatar Qirg‘iziston bilan, BAA KXDR bilan to‘qnash keladi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Eron o‘yini soat 19:00 da boshlanadi. Uchrashuvga Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made