Bugun O‘zbekiston Eron bilan o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 11 iyun kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Eron bilan kuch sinashadi.

Saralashning 2-raundida o‘tkaziladigan ushbu bahs “E” guruhida g‘olib jamoani aniqlab beradi. Hozirda O‘zbekistonda ham, Eron hisobida ham 13 ochko mavjud. Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahs Toshkentda o‘tkazilgan bo‘lib, o‘yinda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etilgan.

“Oq bo‘rilar” Eronga qarshi bahsda ko‘k libosda, darvozabon esa yashil libosda harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, Eron-O‘zbekiston o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi. Uchrashuvga Tehrondagi “Ozodiy” stadioni mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing