Bugun o‘zbek boksining 6 nafar yulduzi ringga ko‘tariladi

Sport

image

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining to‘qqizinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu kun doirasida 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi chorak final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradilar. 

Bugun, 17 sentyabr kuni soat 15:00 dan boshlanadigan kunduzgi dasturda Shahobiddin Zoirov va Sanjar Tursunov, 19:00 dan keyingi kechki dasturda esa Miraziz Mirzahalilov, Bobousmon Baturov, Dilshod Ro‘zmetov va Bahodir Jalolov ringga ko‘tariladi. Terma jamao vakillarining bugungi raqiblari quyidagicha:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Azat Usenaliyev (Qirg‘iziston)

-91 kg: Sanjar Tursunov – Sanjit Sanjit (Hindiston)

-57 kg: Miraziz Mirzahalilov – Muhammad Hamout (Marokash)

-69 kg: Bobousmon Baturov – Delante Jonson (AQSH)

-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Andre Paul Aradoay (Ruminiya)

+91 kg: Bahodir Jalolov – Sotne Rogava (Ukraina)
 


Maqola muallifi

Teglar

Sanjar Tursunov Bahodir Jalolov Shahobiddin Zoirov Dilshod Ro'zmetov Bobousmon Baturov Miraziz Mirzahalilov

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing