Bugun U-20 Osiyo chempionati yakunlanadi

Sport

image

Bugun, 18 mart kuni O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha U-20 Osiyo chempionati bahslari yakunlanadi. Hal qiluvchi bellashuvda mezbon – O‘zbekiston futbolchilari Iroqqa qarshi maydonga tushadi.

Bu jamoalar turnirning guruh bosqichida ham to‘qnash kelgan. “A” guruhi 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan bahsda Ravshan Haydarov shogirdlari Po‘latxo‘ja Xoldorxonovning goli evaziga kichik hisobda g‘alaba qozongandi. O‘sha o‘yinda O‘zbekiston jamoasi bir kishi kam bo‘lib o‘ynashiga qaramay g‘alabani saqlab qolgandi.

Yarim finalda O‘zbekiston Janubiy Koreyadan, Iroq esa Yaponiyadan penaltilar seriyasida ustun kelgandi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston-Iroq o‘yini soat 19:00 da start oladi. Bahs Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston U-20

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing