Bugun to‘rt hududda aholi orasida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 17 iyun kuni O‘zbekistonda 189 holatda kasallik qayd etilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi xabar berdi.

Shundan 169 nafari Karantin muassasalarida, 13 nafari aholi orasida (shundan 5 nafari Toshkent shahrida, 3 nafari Buxoro viloyatida, yana 3 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Surxondaryo viloyatida), qolgan 7 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Avval xabar qilganimizdek, bugun 35 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 31 nafari Toshkent shahridagi, 4 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5682 nafar bemordan 4131 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1532 nafar bemordan 12 nafari og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 28 636 nafar, statsionar karantinda esa 22 055 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

506

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing