Bugun Toshkentning 5 tumani aholisi “svet”siz qoladi

Jamiyat

image

Bugun, 11 may kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Yashnobod, Uchtepa hamda Yakkasaroy tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik sub’ektlarida elektr energiyasi soat 09:00 dan 17:00 ga qadar vaqtinchalik o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar berdi.

Quyida elektr energiyasida uzilish bo‘ladigan hududlar bilan tanishishingiz mumkin:

Yakkasaroy tumanining: “Muqimiy” mahallasi Z.Validiy, Jambil hamda K.Yashin ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

Yunusobod tumanining: Bodomzor, Chimirobod hamda M. Mirkarimova ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

Yashnobod tumanining: Abay, Yangi Iqbol, Sariqboyev, Abadiyat, Murabbiylar, Donishmand, Fidokor, Sohil, Ibrat, Iftixor, Tuzel, M. Avezov, Go‘zal,Temir yo‘l, Jarboshi hamda Taishisti ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

Uchtepa tumanining: “Katta qani” MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

Mirzo Ulug‘bek tumanining: “A.Temur”, “Temuriylar”, “Jasorat”, “Alisherobod”, “Sarboz” hamda “Ijodkor” MFYlari hududidagi aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi.

Elektr energiyasining o‘chirilishiga mazkur hududlarda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish sabab qilib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing