Bugun Toshkentning 3 tumanida “svet” bo‘lmaydi

Jamiyat

image

Bugun, 26 aprel kuni poytaxt Toshkentning Yakkasaroy, Yashnobod hamda Yunusobod tumanlari hududlaridagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik sub’ektlarida elektr energiyasi soat 09:00 dan 18:00 ga qadar vaqtinchalik o‘chirildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar berdi.

Quyida elektr energiyasidan uziladigan hududlar ro‘yxati bilan tanishing:

Yunusobod tumanining – Usta Shirin, F.Kamol, S.Abdulla, Jalilov, Kislovodskiy hamda Iftixor ko‘chalarida;

Yashnobod tumanining – Fidokor, Ibrat, Iftoxor, Avezov, Murabbiy, Yangihayot, Darxon, Ilg‘or, Tolariq, Xonariq, Pungan, Chinor, Donishmand, Abay, Yangi Iqbol, Serikbayev, Abadiyat, Tuzel,  M. Avezov, Go‘zal, Temir yo‘l, Jarboshi ko‘chalarida;

Yakkasaroy tumanining – “Yakkasaroy” mahallasining Yakkasaroy, Yakkasaroy 1-, 2-, 3-tor hamda Spitamen ko‘chalari, “Muqimiy” MFYning Yoqut, Xazinabog‘,Sirojiddinova ko‘chalari, shuningdek, “A.Qahhor” MFYning Xumo, Damariq 2-tor va A.Qahhor 5-tor ko‘chalaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made